Arosat
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin! Arosat haqida turli ta’riflarni eshitganman. Lekin diniy adabiyotlarda faqat jannat va do‘zax haqida o‘qiganman, qidirib ham topa olmadim. Iltimos, bu borada ma’lumot bersangiz. Xayrli ishlaringiz uchun tashakkur. Savolim xato bo‘lsa, uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “A’rof” surasi 46-49-oyatlarida : وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ وَعَلَى الأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلاًّ بِسِيمَاهُمْ وَنَادَوْاْ أَصْحَابَ الْجَنَّةِ أَن سَلاَمٌ عَلَيْكُمْ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ 46. Oralarida to‘siq bor. A’rof ustida hammalarini siymolaridan taniydigan kishilar bordir. Jannat sohiblariga: «Sizga salom bo‘lsin!» – deya nido qilurlar. Tama qilgan hollarida unga kirmay tururlar. Ya’ni jannat ahli va do‘zax ahlining orasida to‘siq bor. Bu to‘siq «Hadid» surasida «devor» deb ataladi. O‘sha devorning nomi «A’rof». Devorlar juda baland bo‘lib, do‘zax ahli har qancha urinsalar ham, undan o‘tib, jannatga kira olmaydilar. Ba’zi rivoyatlarda, «O‘sha devor ustidan bog‘lar unib, anhorlar oqib turadi», deyiladi. Demak, uning qalinligi ham xiylagina. Jannat bilan do‘zax orasida to‘siq bo‘lib turgan baland va keng devor – A’rof ustida odamlar bor. Bu odamlar kimlar ekani haqida ulamolar o‘rtasida ikki xil fikr mavjud. Birinchisi: ular yaxshilik va yomonliklari teng kelib, na jannatga, na do‘zaxga hukm bo‘lmay qolgan kishilardir. Ikkinchisi: payg‘ambarlarning haq da’vatlarini o‘z qavmiga etkazib, ularni yaxshilikka boshlagan da’vatchilar, ulamolar va shuhadolardir. Ana shu ikki ma’nodan kelib chiqib, oyati karimaning oxirgi «Tama qilgan hollarida unga kirmay tururlar» jumlasiga ham ikki xil ma’no beriladi. Agar «A’rof egalari»ni yaxshiligi va yomonligi teng kelib qolib, jannatga ham, do‘zaxga ham hukm bo‘lmay qolganlar, desak, jannatga tama qilib, kirmay turganlar ularning o‘zlari bo‘ladilar. Ammo ularni oliy martabali ulamo va shuhadolar, desak, jannatdan tamagirlik jannat egalarining jannatga kirishlaridan oldingi holatlariga ishoradir. Hamda «A’rof egalari» jannatga kirishlaridan oldin ularga «Sizga salom bo‘lsin!» – deb turgan bo‘ladilar. Biz ikkinchi ma’noni ixtiyor qildik. Chunki A’rof – jannatning ham ustidagi oliymaqom joy. Uning yuzida turgan odamlar xaloyiqni yuqoridan kuzatishyapti. Ular ishonch bilan yaxshilarga yaxshi, yomonlarga esa ularga munosib tarzda so‘z qotmoqdalar. Jannat egalarini olqishlab, do‘zax ahlini itob qilmoqdalar. O‘zlarini nima kutayotganini bilolmay, qiyomat sahnida iztirob chekib turganlar bunga jur’at eta olmas edilar. «A’rof egalari» ahli jannatga salom berib bo‘lganlaridan keyin: وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَارُهُمْ تِلْقَاء أَصْحَابِ النَّارِ قَالُواْ رَبَّنَا لاَ تَجْعَلْنَا مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 47. Ko‘zlari olov sohiblari tomon burilganda esa: «Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», – derlar. Chunki do‘zax ahlining ahvoli g‘oyatda ayanchlidir. O‘sha zolim qavmlarning do‘zaxdagi holini ko‘rgan har bir banda beixtiyor Alloh taolodan o‘zini ular bilan birga qilmasligini o‘tinib so‘rashi turgan gap. Shu payt «A’rof sohiblari» do‘zaxning qa’rida azob chekayotganlar ichida bu dunyoda o‘zlariga tanish bo‘lgan kishilarni ko‘rib qoladilar. Shunda: وَنَادَى أَصْحَابُ الأَعْرَافِ رِجَالاً يَعْرِفُونَهُمْ بِسِيمَاهُمْ قَالُواْ مَا أَغْنَى عَنكُمْ جَمْعُكُمْ وَمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ 48. A’rof sohiblari o‘zlari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib aytadilar: «To‘plaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku! أَهَؤُلاء الَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لاَ يَنَالُهُمُ اللّهُ بِرَحْمَةٍ ادْخُلُواْ الْجَنَّةَ لاَ خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلاَ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ 49. «Alloh ularni rahmatiga olmas», deb qasam ichganingiz anavilarmi?! «Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo‘q va siz mahzun ham bo‘lmassiz!» Ya’ni keyin ularning nigohi do‘zaxda azoblanayotgan, dunyo hayotida siymolari tanish bo‘lgan odamlarga tushadi. Shunda A’rof ahli ularga bu dunyodagi amallarini eslatib, ayni hollariga achinadilar va achchiq nido qiladilar: «To‘plaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!» Moddiy dunyoda har bir ishni jamlagan mol-dunyoingiz tufayli oson hal qilar edingiz. Molu dunyo bo‘lsa, istagan narsani bajarish mumkin, degan xayolda edingiz. Bugun qiyomat sahnida jamlagan molingiz asqotmabdi-ku?! Uning yordamida do‘zax azobidan qutula olmabsiz-ku?! Bu dunyodan kibru havo bilan o‘tdingiz, hamma narsa meniki, deb da’vo qildingiz, men o‘zim zo‘r bo‘lganimdan shunday bo‘ldi, deb puch xayollarga bordingiz, agar qiyomat qoim bo‘lsa ham, ustalik qilib ishimni o‘nglab olaman, deb gumon qildingiz, endi nima bo‘ldi? Holingiz chatoq-ku?! Kibru havoingiz asqotmabdi-ku? «Alloh ularni rahmatiga olmas», deb qasam ichganingiz anavilarmi?!» Bu so‘zlarni A’rof ahli bu dunyoda bechorahol, zaif yashab o‘tib, oqibatda jannatga doxil bo‘lgan kishilarga ishoratan, do‘zaxiylarga qarata aytadilar. Qur’oni Karim nozil bo‘layotgan saodat asrida kofirlar xuddi shunday deganlar. Ular bu da’vodan hozir ham kechganlari yo‘q. Ammo hammalari ham qiyomatda ushbu itobga o‘xshash itobni eshitishlari turgan gap. Kofirlar jahannam azobini chekib, hollari tang bo‘lib turganda, ushbu ta’nani eshitib, hollari yana ham battar bo‘ladi. Ular mo‘min kishilarni dunyo hayotidagi zaif hollari uchun nazar-pisand qilmas edilar. Dunyo va bashar taqdirini o‘z o‘lchovlari bilan o‘lchab, «Bordi-yu, qiyomat qo‘psa va unda jannat haqiqatda bor bo‘lib, Alloh ba’zi bir odamlarni rahmat qiladigan bo‘lsa, unda, albatta, bizni rahmat qiladi-da, anavi zaiflarga rahmat qilarmidi», der edilar. Ularning ishonchlari shu darajada kuchli ediki, bu gaplarini tasdiqlash uchun qasam ham ichgan edilar. «Xo‘sh, endi nima bo‘ldi?! O‘sha siz nazar-pisand qilmaganlar ana ularmi?! Jannatda yurishibdi-ku? Alloh ularga rahmat qilibdi-ku?! «Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo‘q va siz mahzun ham bo‘lmassiz!» – deyildi-ku!» Do‘zax ahlida bu dashnomlarga qarshi javob yo‘q. Bu dunyodagi kibru havo, gerdayishlari ham behuda. Ahvollari og‘ir. Do‘zax borgan sari qizib bormoqda. Ichgani bir tomchi suv yo‘q. Jannat ahliga maza, ostilaridan muzdek suv oqib turibdi. Ichaman desalar, anvoyi sharoblar muhayyo. Ulardan suv so‘ralsa, qanday bo‘lar ekan? ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 257 | Islam