Befarzandlik sabab ikkinchi ayolga uylanish

Assalomu alaykum! Menga do‘xtirlar farzand ko‘ra olmaysiz deyishgan, turmushimizga 10yil bo‘ldi. Erim farzandli bo‘lishni istayapti va boshqa ayolga uylanmoqchi, man juda rashqchiligim sabab rozi bo‘lmayappan. Yo men bilan ajrashib uylanin deyappan, lekin pochcham bilan opamni bolalarini saqlab olganman. Hozirda 7 yosh, yana saqlab omoqchiman. Akam tug‘ilajak farzandlarini bermoqchilar, nima qilishga xayronman. Uylanishlariga rozi bo‘lsam chiday olmayaman deb o‘ylayman, ham erim o‘zimizni ro‘zg‘orni zo‘rg‘a eplaydilar. Manga yo‘l ko‘rsatinglar, iltimos yordamlaringa muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz xudbinlik qilmang. Rizqni Alloh beradi. Opangizni bolasi sizni bolangiz hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar