tavob qilish

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari!Avvalo qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Onam har chorshanba ertalab "Bibimushkulkushod" o‘tkazib, ushbu marosim davomida chiroq yoqadi va olovga tavob qiladilar. Men onamga unaqa qilmamang, bu qilayotgan ishingiz gunox bo‘ladi desam, u kishi mendan xafa bo‘layaptilar. Xurmatli Shayx xazratlari yoki men onamni xafa kilib gunoxga botayapmanmi. Umuman nima narsalar tavob qilinadi, bu xaqda ma’lumot bersangiz, iltimos.Onamni olovni tavob kilishiga qarshi chiqmasdan rozi qilish kerakmi yoki tavob qilishidan qaytarishim kerakmi?Oldindan Sizga raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz. Onaningiz gapini oldaigan katta kishilardan yordam so‘rang. Ular onangizga qilayotgan ishi gunoh ekanini tushintirsinlar.

27 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar