Qazo va Qadardagi adolat

Assalomu alaykum! Qazo-Qadar haqida savolim, qadardagi inson taqdirining tashqi ta’sirlarga bog‘liqligi haqida va unda Allohning adolatiga aqlim etmay savol jo‘natmoqdaman, masalan 2 oilada farzand tug‘ildi, biri muhtaram faqih, shayxul Islom bir ulamoning oilasida, tabiiyki ulamo farzandini Islom bo‘yicha tarbiyalaydi, ilm beradi va bu farzand dunyo oxiratda lazzatlanib yashaydi, ikkinchi oila esa Hindistonning o‘ta qashshoq va mutlaqo mushrik oilada dunyoga keldi, Tabiiyki u oila tarbiya u yoqda tursin hatto qornini zo‘rg‘a to‘ydirishadi tilanchilik va o‘ta og‘ir mehnatlar ortidan, ko‘mir konlarida qiyin va iflos sharoitlarida ishlab kun o‘tqazishadi, ularni Islom haqida o‘ylashga vaqtiyam ongiyam yo‘q, yana kamiga ularni atrofini o‘zlariga o‘xshagan qashshoq va mushriklar o‘rab olishgan, har ikki oila farzandi balog‘atga etdi va 25 yoshida olamdan o‘tdi, biri tabiiyki jannatiy ikkinchisi Do‘zax ahlidan, axir inson qaerda tug‘ilishni tanlay olmaydiku, Alloh Qur’onda "Agar xohlasak hammani islomda qilardik" degan ammo Allohni O‘zi xohlamaydi hammani bir dinda qilishni, insonning dini va oxiratida tashqi ta’sirlar ham katta ahamiyat kasb etadi, yana bir holat bir inson o‘zbek oiladan xulqi yaxshimas, ichadi, chakadi, dindan xabari yo‘q va topish tutishi ham pora va yulg‘ichlik orqasidan, o‘sha inson uylandi va Alloh farzand berdi unga, farzandiniyam haromdan boqdi, kiyintirdi oiladagi muxit ham islomdan yiroq, shu asnoda farzand balog‘atga etdi va u ham pora orqasidan o‘qishga kirdi, bitirdi va pora bilan ishga kirdi va hayoti otasinikidek islomdan yiroq, Allohga isyon bilan maishat kayf safoda umr utqazdi va mashinasida halokatga uchrab vafot etdi, endi uning qiyomatdagi ahvolini taxmin qilish qiyin emas, savol vafot etgan shaxs boshidan bir yaxshi solih va ahli islomni oilasida tug‘ilganida, tarbiya yaxshi va rizqi haloldan bo‘lganida holat qanday bo‘lardi? Aminmanki qiyomatda xor bo‘lish ehtimoli kam bo‘lardi, demoqchimanki insonni islomdagi amali, e’tiqodi, oxirati tashqi ta’sirlargayam bog‘lik insonni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlaram talaygina, qiyomatda do‘zaxga uloqtiriladigan inson yuqoridagi ta’sirlarni ro‘kach qilmasmikan? Man Allohning adolatiga zig‘irchayam shubham yo‘q, shunaqa holatlarda Allohning Adolati bor albatta 100% hech kimga zulm qilmaydi aniq, shu tashqi ta’sirdagi mushriklar, fosiq gunohkorlar holati haqida nimalarni bilasiz? Bilaman bunga 100% aqliz etmaydi, hatto katta ulamolarniyam aqli etmaydi, mayli ilmiz doirasida tushuntiringchi? Faqat soddaroq qilib tushuntiring, biz oddiy avommiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo barcha insonlarga Islom dinini etkazadi. Bu bir borgina emas qayta-qayta sodir bo‘ladi. Har bir insonga tanlash huquqi beriladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عن المقداد بن الأسود رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: لا يبقى على ظهر الأرض بيت مَدَرٍ، ولا وَبَرٍ، إلَّا أدخله الله كلمة الإسلام، بِعزِّ عَزِيزٍ، أو ذُلِّ ذَلِيلٍ، إمَّا يُعِزُّهم الله، فيجعلهم من أهلها، أو يُذِلهُّم، فيدينون لها Miqtod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning er yuzida loyli va yoki jundan qilingan biror uy qoldirmasdan Alloh taolo unga Islom kalimasini kirg‘azadi. (qabul qilganni) Aziz bo‘lganning azizligi bilan (qabul qilmaganni), xorning xoriligi bilan. Alloh ularni aziz qilib Islom ahlidan qiladi yoki ularni xor qilib unga itoat qiluvchilardan qiladi. Ibn Hibbon rivoyati, hadis sahih hisoblanadi. Da’vat etib bormagan joylar esa uzrli hisoblanishadi. Chunki Alloh taolo “Isro” surasida quyidagicha marhamat qilgan:   مَّنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولاً۝ 15. Kim hidoyatga yursa, o‘zi uchungina hidoyatga yuradir. Kim zalolatga ketsa, o‘zi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas. Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:08 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar