Payg‘ambarimizga nisbatan yomon xayol kelsa
Assalomu alaykum! Bu savolni berishdan oldn juda o‘ylandim. Bunday savol berishim gunoh bo‘lsa Allohni kechirsin... Bazida xayolimga Muhammad s.a.v haqida noto‘g‘ri, hunuk savollar keladi bu savollarni hato ekanliginiyam to‘g‘ri javobniyam bilaman aslida. Savolni qandayligini aytishgaham qo‘rqaman. Iymonsiz bo‘lishdan qo‘rqaman. Bunday saollardan qutulish uchun nima qilay, iltimos to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinlar...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh filmlarni ko‘rganlar o‘zlarini mahramlariga fahsh ish qilishdan ham tiyilolmayapti. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson badbo‘y narsani yonidan o‘tganida burnini berkitganidek axlatni ko‘rganida ko‘zini yumganidek ma’naviy axlatlar oldidan o‘tayotganda ham ko‘zini yumishi shart. Siz Laa havla valaa quvvati illaa billah ni to‘xtatmasdan qaytaravering. Davomida Robbig‘fir varham va anta xorururrohimiyn ni ham o‘qing. Xayolingizga nima kelsa ham e’tibor bermasdan o‘sha duolarni qaytaring. Vasvasa bilan inson dindan chiqib qolmaydi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar