1xbet sudxo‘rlik dasturi

Assalomu alaykum! Tanishim 1xbet dasturi orqali pul topadi. Bunga internet tarmoqlari orqali pul soladi va pulni chiqarib oladi. Ko‘chaga zarurat bo‘lmasa chiqmaslik kerakligi uchun puli tugaganda esa men kartamda pul o‘tkizib berdim bazida. Men kartadan qancha pul o‘tkizsam menga shuncha naq beradi. Menga naq kerakligi uchun shu ishim halolmi? Topgan pulini gunohga sarflasa sherik bo‘lib qolmimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ آكِلَ الرِّبَا وَمُؤْكِلَهُ وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ   Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam riboxo‘rni, uning ediruvchisini, kotibini hamda ikki shohidini la’natladilar va «Ular (gunohda) barobardirlar», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ.  ورواه الإمام أحمد في المسند  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar