O‘lganlarga atab qurbonlik
Assalomu alaykum! 1) O‘lgan odamlarga atab, qo‘y, tovuqmi, molmi so‘yib qurbonlik qilsa bo‘ladimi? 2) O‘lganlarga atab, is pishirip, Qur’on tilovat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mol-qo‘y so‘ysa bo‘ladi. Bu qurbonlikni faqat qurbonlik kunlaridagina qilish vojib. Undan boshqa kunlarda joiz emas. Tovuq va g‘ulg‘uli-kurka kabilar ham joiz emas. Mabodo qurbonlik kunlaridan boshqa kunlari so‘yilsa oddiy so‘yish bo‘ladi.
Savol: O‘lgan odam tarafidan qurbonlik qilsa qanday amalga oshiradi?
Javob: O‘lgan odam tarafidan va o‘lgan odam uchun qurbonlik qilishning bir necha surati bor.
1-Mayyit, “Mening tarafimdan, mening molimdan qurbonlik qilinglar” deb vasiyat qilgan bo‘lsa va uning vasiyatiga muvofiq uning molidan qilingan bo‘lsa, joiz. Lekin o‘sha jonliqning go‘shtini barchasi zakot olishga haqdorlarga sadaqa qilish vojib bo‘ladi. marhumning yaqinlari o‘sha go‘shtdan eyishi joiz emas.
2-Marhum ortidan qurbonlik qilishni vasiyat qilgan bo‘lsa yoki vasiyat qilmagan bo‘lsa va farzandlari o‘z mollaridan nafl qurbonlik qilishgan bo‘lsa durust bo‘ladi. Uning go‘shtini boy kambag‘al va o‘zlari ham eyishlari mumkin.
3-Bir kishi o‘zining molidan va o‘z tarafidan nafl qurbonlik qilib, uning savobini bir yoki bir necha mayyitga bag‘ishlashi joiz. Go‘shtidan esa boy ham kambag‘al ham esa bo‘ladi.
Savol: Mayyit tarafidan qurbonlik qilish afzalmi yoki uning qiymatini sadaqa qilish afzalmi?
Javob: Qurbonlik kunlarida qiymatni sadaqa qilgandan ko‘ra, qurbonlik qilib savobini bag‘ishlash afzaldir. Qurbonlik sotib olib uni qonini to‘kishlikdan hosil bo‘lgan savob qiymatini sadaqa qilish bilan hosil bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar