Badr asirlaridan o‘ldirilganlari haqida
Badr asirlaridan bir kishini Nabiy sollallohu alayhi vasallam qatl qilishga amr qilgan ekanlar. U kishi kim edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badr g‘azotidan etmishta mushrikni asir olib, Madinaga qaytayotib, Safro qishlog‘iga etganlarida mal’un Nazr ibn Horisni o‘ldirishga buyruq berganlar. U Badrda mushriklarning bayroqdori bo‘lgan, Qurayshning eng katta jinoyatchilaridan biri, Islomning ashaddiy dushmanlaridan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozori eng qattiq kimsalardan biri edi. Uning boshini tanasidan hazrat Aliy roziyallohu anhu judo qilgan.Irquz Zabya tepaligiga etganlarida esa mal’un Uqba ibn Abu Mu’aytni qatl qilishga buyruq berganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotganlarida so‘yilgan tuyaning qog‘onoqini keltirib, u zot sollallohu alayhi vasallamning elkalariga tashlagan ham, ridosi bilan u zot sollallohu alayhi vasallamni bo‘g‘ib, o‘ldirib qo‘yayozgan ham mana shu badbaxt edi. Uni Osim ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhu (yoki hazrat Aliy roziyallohu anhu) qatl qilgan.
5 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 149 | Siyrat va tarix