Talabalar pulga kurs ishin kilishi

Assalomu alaykum! Men qurilish fakulteti talabasiman. Bizlarda chizmalar sotiladi, masalan detal. 1. Talabalarga pulga chizib bersam bo‘ladimi? Chizib beraman deb va’da berib kelishgan edim. 2. Endi vadamni o‘rinlaymanmi? 3. Agar pul olib qo‘ygan bo‘lsam pulin nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talabalar o‘zlari bajarishlari lozim bo‘lgan ishga ko‘maklashishingiz yolg‘on va ko‘zbo‘yamachilikka hissa qo‘shishdir. Va’da bergan bo‘lsangiz ham bajarmang, pul olib qo‘ygan bo‘lsangiz qaytaring. Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 09:13 | Savol-javoblar | 0 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar