Qalb haqida

Assalomu alaykum! Qalbni tirik yoki o‘lgan ekanligini qanday bilsa bo‘ladi? O‘lgan qalbni qanday yo‘llar bilan tiriltirish mumkin? Iltimos batafsil javob bersanglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson namoz o‘qishni, Qur’on eshitishni, pandu nasihatlarga quloq solishni xushlamay qolsa uning qalbi o‘lgan hisoblanadi. Gunohlarga intiladigan, nasihat qiluvchilardan nafratlanadigan, o‘lim haqida gapirilsa eshitgisi kelmaydigan bo‘lsa qalb o‘lgan bo‘ladi. Uni biroz nafsni majburlab bo‘lsa ham ertalabda va shomdan keyin sunnatda kelgan duolarni vazifa qildirish kerak. Ustozimiz rahimahullohning “Naqshbandiya vazifalar va zikrlar” nomli kitobini o‘qisin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 171 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar