Telegramda reklama orkali pul topish

Assalomu alaykum! Biz telegram tarmog‘ida "Telefon Bozor" kanali ochdik. Xar kuni 70 taga yaqin e’lon bo‘ladi. Shulardan 10taga yaqin telefon bizi kanalmiz orqali sotiladi. Xozir e’lon berish bepul, ma’lum vaqt o‘tgach e’lon berishni pullik qilamiz. Shundan so‘ng pul evaziga kanalimizda qo‘yilgan telefonni sotilishini bilmimiz. Agar sotilmasa bizga gunox bo‘ladimi? Shu e’lonlar orqali tushadigon pul xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Reklama xizmati joiz. Shar’an halol narsalarni reklama qilsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar