Non asraydi

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ko‘p qavatli uylarda yashaydigan insonlar ko‘p shu sababli kechiki sayrga chiqishadi. Kattalar aytishadi kechkurun yosh bola bilan ko‘chaga chiqqanda non olib olish kerak negaki non bolani asrar ekan. Bu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gap noto‘g‘ri. Johil kishilar ma’nosini fahmlamay, chuqur o‘ylab ko‘rmay gapiradigan gaplardan. Non qorinni to‘ydirishdan boshqasiga sabab qilinmagan. Unda qandaydir ilohiy xususiyat bor desa shirk bo‘ladi. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 14:28 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar