Savdodagi xolat

Assalomu alaykum! Meni bozordagi bir xolat o‘ylantirib qo‘ydi. Sotayotgan maxsulotimni bir mijoz - svejiymi deb so‘radi va men unga aslida maxsulot bir kun avval keltirilgan bo‘lsa xam -xa svejiy bugun keldi deb qo‘shimcha qilib yubordim. Sotilgan muxsulot bozorga keltirilganiga 1-2 kun bo‘lgan bo‘lsada chindan xam 4-5 kungacha o‘z sifatini yaxshi xolatta saqlaydi. Shu xolatta men maxsulotni kecha keltrilganligini bilsam xam, savdo qilayotgan joyimga bugun keltirildi degan niyatda bugun keldi deb yubordim. Yani savdoga yolg‘on aralashtirib yubordim degan fikrdaman. Biroq xaridor rozi bo‘ldi va svejiymi deb qo‘ygan talabiga mos maxsulotni sotib oldi. Endi meni o‘sha savdo vaqtida olgan pulim xalolmi, agar xalol bo‘lmasa uni nima qilishim kerak. Mijozgi topishni iloji yo‘q va bu savolning javobi men uchun juda muxim. Iltimos ushbu savol javobini telegramdagi kanalingizga qo‘ysangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nima bo‘lganda ham yolg‘on gapirgansiz. سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «ثَلَاثَةٌ لَا يَنْظُرُ اللهُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَلَا يُزَكِّيهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ: رَجُلٌ كَانَ لَهُ فَضْلُ مَاءٍ بِالطَّرِيقِ، فَمَنَعَهُ مِنِ ابْنِ السَّبِيلِ، وَرَجُلٌ بَايَعَ إِمَامًا لَا يُبَايِعُهُ إِلَّا لِدُنْيَا، فَإِنْ أَعْطَاهُ مِنْهَا رَضِيَ، وَإِنْ لَمْ يُعْطِهِ مِنْهَا سَخِطَ، وَرَجُلٌ أَقَامَ سِلْعَتَهُ بَعْدَ الْعَصْرِ، فَقَالَ: وَاللهِ الَّذِي لَا إِلَهَ غَيْرُهُ لَقَدْ أَعْطَيْتُ بِهَا كَذَا وَكَذَا، فَصَدَّقَهُ رَجُلٌ». ثُمَّ قَرَأَ هَذِهِ الْآيَةَ: إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً أُوْلَئِكَ لاَ خَلاَقَ لَهُمْ فِي الآخِرَةِ وَلاَ يُكَلِّمُهُمُ اللّهُ وَلاَ يَنظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلاَ يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Uch kishi borki, Alloh qiyomat kuni ularga qaramaydi ham, poklamaydi ham; ularga alamli azob bor:
– yo‘lda ortiqcha suvi bo‘la turib, uni yo‘qsil yo‘lchiga bermagan kishi;
– imomga faqat mol-dunyo uchun bay’at qilib, o‘shandan berib tursa, rozi bo‘lib, bermasa, norozi bo‘lgan kishi;
– asrdan keyin: «O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, shubhasiz, men bular uchun shuncha-shuncha berganman», deganda 
(xaridor) odam unga ishongach, savdo molini o‘tkazib olgan kishi».
Keyin ushbu oyatni o‘qidilar: «Allohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va ularni pok¬lamas. Ularga alamli azob bor»*.

Izoh: Ko‘pincha savdogarlar molni qaytarib ketmay deb, qasam ichib bo‘lsa ham kechki bozorda sotib ketishga odatlanganlari uchun hadisda «asrdan keyin» deb ta’kidlanmoqda.
* Oli Imron surasi, 77-oyat. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 147 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar