O‘yinchoq o‘ynaganda zarik(sheshpesh)dan foydalanish hukmi qanday?
Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Imom al-Buxoriyni "Al-adab al mufrad" kitobiga bergan sharhlarida, quyidagilar yozilgan: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Unga hovlisida turadigan ahli baytidan ba’zilarining nardi borligi xabari etdi. Shunda u ularga odam yuborib: "Agar u(nard)ni hovlimdan chiqarib tashlamasangiz, o‘zingizni chiqarib tashlayman", dedi va bu ishlarni inkor qildi". Sharh: Nardni o‘ynash u yoqda tursin, uni o‘ynaydigan taxtasi, donalari va toshlarini ham uyda saqlash mumkin emas ekan. Yuqorida keltirilgan rivoyatdan kelib chiqib zarik tosh ishlatiladigan o‘yinlar, xususan "Monopoliya"ni o‘ynash, sotish yoki ishlab chiqarish mumkin emas bo‘lib qolyapti. Iltimos shunga sharh berib yuboringlar. Alloh ilmilarni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo maxluqotlarni Xoliqi va Roziqidir. Ularga nima foyda va nima zararligini juda yaxshi biluvchi Zotdir. Shunga binoan bandalariga foydali narsalarni halol qilgan zararli narsalarni harom qilgan. Alloh taolo “A’rof” surasida: وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَآئِثَ 157... pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan – deb marhamat qilgan.
Qur’onda halol yoki haromligi bayon qilmaganlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali hadislarda bayon qilgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiyni nutq qiluvchi edilar. Alloh taolo “Najm” surasida: وَمَا يَنطِقُ عَنِ الْهَوَى 3. U havodan nutq qilmas. إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْيٌ يُوحَى4. U (Qur’on) yuboriladigan vahiydan o‘zga narsa emas – deb marhamat qilgan. Ya’ni sizning adashmagan va yo‘ldan ozmagan sohibingiz Muhammad alayhissalom Allohning nomidan gapirganida havodan olib gapirmaydi. Qur’on va hadisda hukmi kelmagan narsalarni esa har bir zamon ulamolari Qur’on va hadisda hukmi kelganlarga qiyos qilib ularning hukmini bayon qilib berishadi.
Har bir inson o‘zi qilayotgan ishi yoki kasbining ilmini bilishi shart. Uni joiiz yoki nojoiz, halol yoki haromligini va foyda yoki zararini bilishi shart. Chunki uni arzimas deb bilgan narsasi kelgusida bo‘ladigan ulkan fasodlarga sabab bo‘lishi yoki ulkan savobga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan bir inson o‘qituvchilikka loyiq bo‘lmasdan turib o‘qtuvchilik qilsa undan etishib chiqqan o‘quvchilar kelajakda qanday savobli ishlarga qo‘l ursa ularning savoblari mislicha o‘qituvchisiga ham savob boradi. Ammo yomon ishlarga qo‘l urib, jinoyatlarga sabab bo‘lsa, nopok ishlarga sabab bo‘lsa, fasod ishlarning tarqalishiga sabab bo‘lsa ularning gunohlarining mislichasi o‘qituvchisiga ham bo‘ladi. Shu kabi o‘yinchoqlar ham bolalarning tarbiyasida eng muhim omil hisoblanadi. Uning ham shariatga muvofiqlari va muvofiq bo‘lmaganlari bor. Bolani tarbiyasiga ijobiy va salbiy ta’sir qiladiganlari bor. O‘yinchoq ishlab chiqaruvchilar kasbi moddiy manfaat keltirishdan tashqari kelgusida nimalarga sababchi bo‘lishini ham e’tiborga olishlari shart. Chunki u bolani yaxshi fikrlash, ezgu ishlarga undashga sbab bo‘lishi mumkin yoki aks, kelajakda qimorboz, xudbin, jinoyatchi, tajovuzkor bo‘lishiga sababchi ham bo‘lishi mumkin. Siz aytgan o‘yin shariatda harom qilingan narda bilan bir xil ekan. Hukmi ham o‘sha nardaning hukmida bo‘ladi. O‘yinchoq ishlab chiqaruvchilar faqat foydanigina ko‘zlamay bolani salbiy tomonga boshlovchi o‘yinlar muqobiliga ezgulikka boshlovchi o‘yinchoqlar ishlab chiqarish haqida fikr yuritishlari shart. Bu g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish deb nomlanadi. Bu ish o‘rni kelsa muboh, o‘rni kelganda esa vojib ham bo‘ladi. To‘g‘ri tarbiyaga boshlovchi o‘yinchoqlarni ishlab chiqarganlar foydadan tashqari ulkan savoblarga ham ega bo‘lishadi. Ibodat qilishgan hisoblanadi, chunki o‘yinchoq bolalarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Fkqaholarimiz hadislardan ayollarga xos o‘yinchoqlar, o‘g‘il bolalarga xos shyinchoqlar bo‘lishi haqida fiqhiy ktioblarda alohida boblar ajratishgan. عَنْ بُرَيْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ لَعِبَ بِالنَّرْدَشِيرِ فَكَأَنَّمَا صَبَغَ يَدَهُ فِي لَحْمِ خِنْزِيرٍ وَدَمِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim nardashir o‘ynasa, xuddi qo‘lini cho‘chqaning go‘shti va qoniga botirgandek bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bundan cho‘chqaning go‘shti va qoni qanchalik harom bo‘lsa, nard o‘ynash ham shunchalik harom ekani kelib chiqadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom