Hamma dinning xudosi bittami?

Assalomu alaykum! Bir kuni do‘stlarim hamma dinga sig‘inuvchilarning xudosi bitta deb aytishdi. Ularning fikricha xristian, Islom, budda va boshqa dinlarning xudosi bitta, ya’ni hammamizning xudomiz bitta deyishdi. Men ularga qo‘shilmadim. Hamma dinning xudosi har xil dedim. Qaysi birimizning fikrimiz to‘g‘ri? Oldindan javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Butun borliqni yaratgan Zot Yakkayu yolg‘iz Alloh taolodir. Ular ham buni tan olishadi. Ammo ibodat qilishga kelganida Allohni norozi qilib, g‘azabini keltirib musulmonlardan boshqa barchasi Allohning ibodatiga boshqaning ibodatini sherik qiladi va bu bilan shirk keltirishadi. Alloh taolo esa O‘ziga shirk keltirganlarni mag‘firat qilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar