Ayolim bilan kelisholmayapman
Assalomu alaykum! Ayolim 25 yoshda. O‘zim 32 yoshda, farzandim 2,5 yoshda. Ayolim kelin bo‘lim xonadonimizga kelgandan buyon meni alohida yashashga undaydi. Aslida men oilada kichik farzandman, ayolim ota-onamga, akalarimga opa-singillarimga barcha meni yaqin qarindoshlarimga teskari qilishga harakat qilib kelmoqda. Xullas men charchadim. Ayolim hatto meni ham joyi kelganda behurmat qiladi. O‘zim musofirdaligim sababli ichimga yutib keldim. Iltimos men ayni damda ayolimga javobini berishim uchun hamma asoslar etarlimi? Savolimga shariat ulamolari nima deydi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu narsa uchun ayolingizni taloq qilmang. Yaxshi o‘rgansangiz nimaga qiziqishi ma’lum bo‘ladi. O‘sha tomondan kirib tarbiyalaysiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush