Kim aybdor?
Assalomu alaykum! Televideniyada bir diniy ulamoni bir jumlasini eshitib qoldim. Unda «Suzishni bilmagani uchun cho‘kib o‘lgan farzand o‘limida uning otasi gunohkor» dedi. Shu gapni to‘liq hajmini bilmoqchi edim. Shu jumla qaysi hadis yoki oyati karimada kelgan? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yosh avlodning sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlash borasida ota-onalarni farzandlarini badantarbiya bilan shug‘ullantirishga targ‘ib qilganlar. U zot: «Avlodlaringizga suzishni, otishni va ot minishni o‘rgatinglar», deganlar. Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Yozishni, suzishni va otishni o‘rgatish farzandning ota-onadagi haqqidir», deyilgan. Ushbu rivoyatlarda kelgan ma’nolar yaxshi, albatta. Ammo o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, Islom o‘zining butun borlig‘i bilan harakat dinidir. Unda hech narsa harakatsiz bo‘lmaydi. O‘ylab ko‘ring-a, bir vaqt namoz o‘qish uchun inson qanchalik harakat qiladi. Saharda uyqusidan turib, tahorat qilib, namoz o‘qish joyiga borib, ikki rak’at namoz o‘qigunicha odamning birorta bo‘g‘ini qolmay, harakatga keladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:01 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar