Qur’oni Karimda o‘z kuchini yo‘qotgan oyatlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir savol o‘ylantiradi. Yaqinda Qur’oni Karimda o‘z kuchini yo‘qotgan oyatlar haqida gap eshitdim. Bu haqida biron fikrga ega bo‘lmaganligim sababli fikr bildira olmadim. Shunday bo‘lishi ham mumkinmi? Aaxir qiyomatga qadar Qur’onning biron oyati yoki surasi kuchini yo‘qotib boraversa shu muddatga qadar yo‘q bo‘lib ketishi kerakku. Shu haqida tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan narsani nosix va mansux deyiladi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalariga tegishli edi. U zot vafotlaridan oldin nasx qilish to‘xtagan va Alloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dinni mukammal qilib bergan. Endi qiyomatgacha unday nasx degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 167 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar