Nega Alloh sinaydi
Assalomu alaykum! Ustozlar savolim uchun oldindan uzur, izlash bo‘limidan topa olmadim. Bazan ayrim savollar o‘ylantiradi. Agar Alloh har narsani bilsa kelajakniyam bilsa unda bizni nimaga sinaydi? Biz sinovdan qanday o‘tishimizni u oldindan biladiku. 2). Tug‘ilgan chaqaloq musulmon bo‘lib tug‘ilsa va ota onasi uni masalan kofir qilib tarbiyalasa chaqaloqning aybi nimada? Uning butun umr qilgan gunohi o‘zigamas ota onasiga o‘tadimi yoki taqdirida kofir oilada tug‘ilish yozilganu bilmasdan gunoh qilib do‘zaxga tushish bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sizga ixtiyor bergan o‘sha ixtiyorni nimaga sarflab va nimani tanlashingizni o‘zingizga ko‘rsatadi. Alloh taolo yaratdi, rizq berdi, lekin majbur qilib sevilishni xohlamadi. Bu borada ixtiyorni bandasiga berdi. O‘zini tanittirdi, ne’matlarini tanittirdi, agar itoat qilsa Allohni suysa jannatni berishni ham va’da qildi.
2). Alloh bandaga tanlash uchun aqlni ham berib qo‘ydi. O‘sha aqlni ishlatish uchun islomni tanishtiruvchi olimlarni ham ro‘baro‘ qildi. Olimlar ularga yaxshi-yomon, halol-haromni tushuntirishdi. Banda yoki oxiratni tanlaydi yoki arzimas dunyoni. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 144 | Aqiyda