Siydikdan poklanish

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir muammo qiynayapti. Xar gal kichik xojatdan keyin poklanish uchun old avratimni tomchi qolmaguncha siqaman. To‘liq tomchi qolmaganiga amin bo‘lmagunmcha shu ishni qilaman desam juda ko‘p vaqt ketyapti. Chiqqan joyini tozalab artib qo‘ygandan keyin yana yaxshilab siqsam yana tomchi chiqadi. Qancha siqsam xam yana oz miqdorda chiqadi. To‘liq tozalanib mustaxab olib taxorat qilgunmcha vaqt o‘tib ketadi. Bu xar doim bo‘ladi. Bir oz siqib tozalab etarli deb yuraman desam baribir chiqib ketadiku deb qo‘rqaman. To‘liq ishonch xosil qilaolmayapman. Maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yoki namozdan oldin 1-2 soat oldin siyib salfetka qo‘yib oling va namozga yaqin tahorat oling. Yoki bo‘lmasa teshikka paxta tiqib olib, tahorat olib, namozni o‘qiyverasiz. Modomiki siydik qo‘yilgan paxtadan tashqariga chiqmagunicha tahoratli bo‘lasiz. Albatta tahorat ketkazadigan boshqa amallar bo‘lmasa. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar