Hayit namozida azon aytilmasa

Assalomu alaykum! Biz bu yilgi qurbon xayit namozini Rossiyada o‘qidik. Biz borgan masjid qonuniy, davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Jamoat ham yaxshi yig‘ildi, lekin namozdan oldin azon ham, iqoma ham aytilmasdan imom namozni boshlab yubordi. Azon aytish sunnatligini bilamiz, ammo iqomani har bir farz namozidan oldin aytish kerakku. Bizning o‘qigan namozimiz durust bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Azon va takbir faqat farz namozlariga aytiladi. Hayit namozi vojib. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar