Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida yuvilgan suvlari

Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, hozir bir maqola o‘qib qoldim saytda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida yuvilgan suvlari osmonga bug‘lanib yomg‘ir bo‘lib yog‘ib xar bir tomchi tushgan joyda masjid barpo bo‘lgan ekan. Shu to‘g‘risida xadis o‘qimaganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu haqida biz ham hadis borligini bilmaymiz. Mutavalli Sha’roviyga tegishli tushda shu haqida gapirilgan. Tushda faqat bug‘langani gapirilgan xolos. Biz uni yolg‘on ham rost ham demaymiz, qolaversa bu narsani birorta bir shar’iy hukmga aloqador joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 138 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar