Emaklaydigan bola bilan namoz
Assalomu alaykum! Meni bolam hali yurmaydi, namoz o‘qiyotkanimda oyoqlarim ostida emaklaydi, menga osiladi, bazan hafli ishlarni ham qiladi. Bazida uni tezda holatini to‘g‘irlab qo‘yish zarur bo‘ladi. Shularni qilishga to‘g‘ri kelsa namozim buzilmiyaptimikin? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining qizi Umoma roziyallohu anhoni namozda elkalariga ko‘tarib olar, keyin sajda qilishda pastga tushirib, sajdadan qaytishda yana elkalariga olar edilar. عَنْ أَبِي قَتَادَةَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُصَلِّي وَهْوَ حَامِلٌ أُمَامَةَ بِنْتَ زَيْنَبَ بِنْتِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَلِأَبِي الْعَاصِ بْنِ رَبِيعَةَ بْنِ عَبْدِ شَمْسٍ، فَإِذَا سَجَدَ وَضَعَهَا، وَإِذَا قَامَ حَمَلَهَا Abu Qatoda Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Zaynab bilan (kuyovlari) Abul-Os ibn Rabi’a ibn Abdushamsning qizi Umomani ko‘tarib olib namoz o‘qiyverar edilar. Sajda qilganlarida uni erga qo‘yar va turganlarida ko‘tarib olar edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Ulamolar namozni ichida namozdan tashqari amallarni to‘rt qismga bo‘lishgan. Birinchisi hech qanday zaruratsiz namozni foydasi uchun bo‘lmagan befoyda amallarni ko‘p qilish. Masalan namozda turib boshni o‘ng va chap tomonlarga burish. Bunday amal harom hisoblanadi. ko‘kragi ham qibladan burilsa namozi buziladi.
Ikkinchisi, makruh lekin namozni buzmaydi. Hech qanday hojatsiz kiyim yoki soqoli yoki badanini biror a’zosini o‘ynash. Bu to‘xtovsiz davom etmasa namozni buzmaydi. Ketma-ket va to‘xtovsiz davom etaversa namozni buzadi.
Uchinchisi. Zarurat yuzasidan ozroq amal qilish. Bu xuddi hadisda kelganidek bolani elkasiga ko‘tarib olish, tushirish, bola zarar qiladigan narsani ushlab olsa, ko‘ksini qibladan burmasdan bolani qo‘lidan olib qo‘yish, kuydirishi mumkin bo‘lgan isitgichlar yoniga yaqinlashib qolsa ko‘ksini qibladan burmagan holda bolani tortib qo‘yish. Bu joiz va namozni buzmaydi.
To‘rtinchisi. Namozni mukammal qilish uchun qilinadigan amallar. Masalan oldingi safda bo‘sh joy bo‘lsa o‘tib olish, safni to‘ldirish uchun yoniga siljib olish, yiqilib tushadigan bo‘lsa biror narsani tutib qolish kabilardir. Bular namozni mukammal qilish uchun qilingan amallar hisoblanadi. bu amallarni qilishga shariatimiz buyurgan. Bolani tizzasiga o‘tkizib yoki ko‘tarib olish uchun namoz o‘qishdan avval najosat bo‘lmagan kiyimlarini kiydirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 163 | Namoz