Dam solish joizmi?

Bismillah!
1.O‘g‘lim va ayolimga Qur’on suralaridan o‘qib dam solsam bo‘ladimi?
2.Mumkin bo‘lsa qaysi sura va oyatlarni o‘qiganim ma’qul?
3.Dam soldirishga qori, imom, domlalar yoki shu ish bilan shug‘ullanuvchilarga olib borish shartmi?
4.Men ayolimga Qur’ondan o‘qib dam solganimdan keyin u menga nazr, ixlos, yoki pul yoki shunga o‘xshash narsalar bermasa, men kasal, yoki uning yuki menga o‘tib qolishi mumkinmi?5.Ko‘pincha masjidlarga kirib imomlarga o‘zimni Qur’on suralaridan o‘qib qo‘yishni iltimos qilaman va so‘ngida ularga atagan pulimni berishim joizmi?
6.Ba’zi domlalar o‘qitishga kelmagan oila azolarim rasmini ham so‘rashadi va o‘sha rasmdan o‘qishadi shu joizmi?
7.Ba’zi domlalar Yasin surasini o‘qiyotganda har mubindan so‘ng puflab dam solishadi, shu joizmi?
8. Ba’zilar pichoq, novda, yoki tasbeh bilan urib dam solishadi yoki qo‘l bilan orqa belingizga urib qoqishadi, shu joizmi?
9.Va ular o‘qiyotganda ko‘p kekirishadi va aytishadiki, yukingiz ko‘p ekan, amal issiq sovuq bo‘lgan deyishadi.
10. Keyin yana kinnachi ayollar, kinna solishi joizmi?
Allohga behisob shukronalar bo‘lsin! Javoblaringizni mushtoqlik bilan kutamiz. Katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.Bo‘ladi.
2.Fotiha, Ixlos, Kaafiruun, Falaq, Nas, Oyatul kursiyga o‘xshashlarni.
3.Shart emas.
4.Mumkin emas.
5.O‘zingizga o‘zingiz dam soling.
6.Joiz emas.
7.Joiz.
8.Joiz emas.
9.Bu kabi gaplarning hammasi bekorchi. Siz namoz o‘qib, o‘zingizga o‘zingiz dam solib, Allohga duo qilib yuravering. Bulardan ko‘ra diningiz va dunyongiz uchun foydali narsalarni o‘rganing.

20 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 193 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar