Savdodagi muammo
Assalomu alaykum! Yoshim 18 da mahallamizda do‘kon ochganmiz 6-7 yil bo‘lib qolgan. Tijoratimiz aynan shu savdodan. Oziq-ovqat sotamiz, do‘konda tamaki mahsuloti va nos sotiladi. Lekin alkagol sotmay qo‘yganmiz. O‘zim bu narsalarni sotishni umuman xohlamayman. Otam bilan onamga aytsam yo‘q sotamiz deyishadi. Ko‘p bora bu barakani uchiradi. Bundan tushgan foyda hechnima bo‘lmasligini ham tushuntirganday bo‘ldim baribir foydasi yo‘q. Otam nos chekadilar shuning uchun nosni sotishni to‘xtatmasalar kerak. Bu savdoni boshlaganimizdan beri sotiladigan narsalar. 1 yil oldin aroq sotardik. Sotmaylik kerakmas deb opkeltirmay qo‘ygandim. Bu borada egan hamma narsam haromdanmi? Lekin buni xohlamayman sotishni. Boshqa joyga chiqib ishlaymi do‘konni ota onamga qoldirib? 2. Telefondan telefonga pul tashlab beraman. 10 000 pul tashlasam hizmat haqqim uchun 1000 so‘m olib qolaman. Agar 30 000 bo‘lsa 2000 ustiga olib qolaman. Bu sudxo‘rlik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Harom narsaning savdosidan tushgan pul ham harom.2). Bu uchun boshqa taraf sizga haq to‘lamayotgan bo‘lsa, mijozdan haq olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 Iyun 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 259 | Moliya va tijorat