Old safni bermay to‘g‘ri qildimmi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men bugun juda xijolatli xolatga tushib qoldim. Yoshim 21 da voyaga etganman. Bugun masjidga xufton nomoziga kirib birinchi qatorga o‘tirdim (o‘zi old saflarda o‘tiraman). Keyin takbir aytilishdan oldin yonimdagi bir kishi ikkinchi qatordagi bir oqsoqolga o‘z joyini berdi. Keyin chap tarafimda o‘tirgan odam xam shunday qildi. Men esa o‘tiraverdim chunki Payg‘ambarimiz alayxissalom «Agar odamlar azonda va birinchi safda nima borligini bilganlarida, so‘ngra qur’a tashlashdan boshqa iloj topa olmaganlarida, albatta, qur’a tashlagan bo‘lar edilar» shu xadisga muvofiq birinchi qarorda o‘tiraverdim lekin juda juda xijolat bo‘ldim. Ortimdagi odamlar ichlarida bunga kim tarbiya bergan ekan bez deb o‘ylashmadimikin degan xayol bilan namozni oxirigacha xuddi ignani ustida turgandek xijolat bo‘ldim. Aytingchi ustozlar men to‘g‘ri ish qildimmi? Bazida masjid ga kirsam birinchi qator bo‘sh bo‘lsa o‘tirib olsam yoshi kattalar g‘alati nigox bilan qarashadi. Vaxolanki o‘zlari orqa saflarda o‘tirib olishadi. Shunday vaqtda biz yoshlar nima qilaylik. Birinchi qatorga o‘tiraylikmi yoki yoshi kattalarni Hurmatidan masjidga erta kelsak xam orqada o‘tiraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birinchi qatorda o‘tiraveringlar. Birinchi safga joylashib olganingizdan keyin, kimgadir ehtiroman joy bersangiz hurmat qilish savobini olasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 135 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar