Marosimda idishlarni poklash xaqida

Assalomu alaykum! Men bir birodarimiz umra safaridan kelganlari uchun uylariga exsonga borgan edim, osh uchun dastlab tayyorlangan idishlar tugagach, takroran ishlatish uchun 2 ayol u idishlarni yuvdi, yuvish jarayonida biri paroshokli, ikkinchisi oddiy suvli bulgan 2 tog‘oradan foydalandi, yani poroshokli suvda yog‘ va shu kabi qoldiklarni yuvib, keyingi tog‘oradagi oddiy suvda chayqab oldi ammo oqar toza suvda chaymadi, keyin bu chinilardan osh solib foydalanilaverdi. Bu usulda yuvilgan idishlar pokmi? Foydalanish joizmi? Ammo bizni uyimizda, to‘yda biz idishlarni yuqoridagidek yuvib, ustidan oqar toza suvda chayqagan edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unda najosatning asari bo‘lmasa pok. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 13:34 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar