Ijtimoiy tarmoqlardagi aldamchiliklar

Assalomu alaykum ustozlar! Xozirgi kunda Instagram Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda programmadan odam sonini ko‘paytirish, layk to‘plash xizmatlar keng tarqalmoqda. Eng dolzarbi bu odam qo‘shish programmasida botlar, o‘chirilgan profillar ko‘pligi. Biror tarbirkor kanallardagi soxtalikni bilmasdan reklama beradi, lekin natija umuman salbiy bo‘ladi. Sizlardan iltimos soxta odam yig‘ib pul topayotgan xakerlar va ularni xizmatidan foydalinib aldamchilik qilib pul ishlayotgan adminlarni topayotgan pullarida shubxa borligini eslatib qo‘yinglar. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَمَلَ عَلَيْنَا السِّلَاحَ فَلَيْسَ مِنَّا، وَمَنْ غَشَّنَا فَلَيْسَ مِنَّا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bizga qarshi siloh ko‘tarsa, bizdan emasdir. Kim bizga nisbatan aldamchilik qilsa, bizdan emasdir», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Aldamchilik ham munofiqlikning ko‘zga ko‘ringan sifatlaridan biridir. Bu ishni qilganlar esa musulmon ummatidan bo‘lishi mumkin emas. Alloh taoloning O‘zi bu ishdan asrasin! ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar