Hajga borsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Yoshim 65da. Mahramsiz hajga borsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ba’zi bir ulamolar “ishonchli ayollar jamoasi bilan borish joiz” deganlar. Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi: وَالْقَوَاعِدُ مِنَ النِّسَاءِ اللَّاتِي لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَاتٍ بِزِينَةٍ ۖ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَّهُنَّ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ۝ 60. Ayollardan (keksayib) o‘tirib qolgan, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilmagan holda kiyimlarini qo‘yishlarida gunoh yo‘qdir. Iffatlarini saqlasalar, o‘zlari uchun yaxshidir. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir.
Ushbu oyati karimadan ulamolar shahvatdan qolgan ayollar pardada yoshlar kabi bo‘lmasa ham bo‘laverishi, ular bilan qo‘l berib ko‘rishish joizligi va ular bilan birga safar qilish joizligini olishgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 150 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar