Ramziy qabr

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin. Meni bir savol qiynayapti. Izlashdan foydalandim, ammo topolmadim. Agar bo‘lsa sarlavhani yozib bering. Mening savolim shundan iborat. Biz tomondan bir ulamoning nomiga atalib ramziy qabr qurilgan. Ulamolarning nomiga atalib qurilgan ramziy qabrlarga Qur’on tilovat qilish joizmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday ishlar insonlarni Alloh taolodan burishga harakat qilingan ishlardir. Bunday narsalardan saqlanish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:17 | Savol-javoblar | 139 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar