Tuxumga arab xarflarini yozish
Assalomu alaykum! Bazi bir odamlar ishi yurishmay, boshiga biron musibat etsa darxol folbin, oya opalarni va ko‘pchilik mulla akalarni xuzuriga yugurishadi. Ular suvga yana bir narsalarga va 3 dona tuxumga ochiriq qilib berishadi. Meni qiziqtirgan joyi gelviy ruchka bilan tuxumni ustiga bazilari po‘sti olingan tuxumni o‘ziga yozib berishadi va shuni eb po‘stlog‘ini oqar suvga tashlavorasiz xammasi yaxshi bo‘pketadi deyishadi. Ruchkani pastasidagi rang Kimyoviy modda emasmi buni egan odamni sog‘ligiga zarar etmaydimi? Bu savolni berishdan maqsadim kecha Shayx xazratlarini (folbinlik, jin chikarish va noanaviy davolash kabi ishlarning xaqiqati) nomli kitobini o‘qib chiqdim. Kitobdan chiqargan xulosamdan so‘ng negadir shu savol xayolimga keldi. Ming afsuslar bo‘lsinki axli ayolimni onasi xam shu ish bilan shug‘ullanadi. Lekin bunga meni toqatim yo‘q. shu sababli bordi-keldi qimayman, faqat bu emas boshqa sabablari xam bor. Lekin ayolim borib xabar olib turadi. Bunga qarshilik qilmayman nima bo‘ganda xam onasi bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson shunchalar ham tuban holatga tushadimi? Islom bu darajada pastlashishga ruxsat bermaydi. Illat dinimizni yaxshi bilmaslikda. Inson ham bir avtomobilga o‘xshaydi. Uning boshqaruv ruli fikrdir. Rulni xaydovchi boshqarsa inson o‘z fikrlarini Allohga havola qilish kerak. Shunda barcha narsaga qullikdan ozod bo‘ladi. gunohlarning asl o‘zagi ham inson o‘z rulini Allohdan boshqaning qo‘liga tutqazib qo‘yish bilan bo‘ladi. maslalan kim birovdan ta’ma qilsa yoki qo‘rqsa o‘sha ta’ma qilgan va qo‘rqqan kishisining qo‘liga rulini topshirgan bo‘ladi. Xuddi shuningdek bemor inson ham rulini kasallikka topshirsa, dardni aytganini qilib unga yalinib yuraveradi. Agar rulini Allohga topshirib birovdan ta’ma qilganini Allohdan ta’ma qilsa, qo‘rqqan narsasini Allohdan daf qilishini so‘rasa, kasalligiga shifo berishi Allohdan so‘rasa, Alloh bularning barchasiga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar