Mukammal saodat yuli

Mukammal saodat yo‘li kitobidan 2 joyiga biroz tushunmadim. 1. Allohni muhabbati bobbi (314-315 bet) Muhabbatning istilohiy ma’nosi haqida Rog‘ib «Muhabbat nafsning o‘zi yaxshi deb bilgan va gumon qilgan narsaga moyil bo‘lishidir. U ikki xil bo‘ladi. Biri tabiiy bo‘lib, u insonda, hayvonda va gohida jonsiz narsada ham bo‘ladi. Boshqasi ixtiyoriy bo‘lib, u faqat insonga xos bo‘ladi, deganlar» shu jumladagi jonsiz narsaga nima misol bo‘la oladi. Va bu holatni qanday to‘g‘ri tushunsak bo‘ladi. 2. Turli odamlar bilan muomala odobi bobi (381-bet) Barmoqlarni bir-birining ichiga kiritmaydi. Shu gapni yoshligimizdan bizga bobomiz o‘rgatishgan, lekin ulardan sababi so‘ralganda yomon bo‘ladi, deyishgan. Shu holatni birinchi marta sizni “Hadis va hayot” kitobingizda xam o‘qigandim. Lekin savol qilib so‘rashga hijolat tortgan edim. Mana shu odob xaqida Payg‘ambarimizdan biror sunnat yoki hadis bormi? Sizga nisbatan odobsizlik yoki vaqtingizni zoya qilayotgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. 2009 yil avgust oyidan buyon kitoblaringizni jiddi-jahd bilan har doim o‘qib boraman. Kitoblar tushunarli, ilmiy saviyasi juda yuqori, xar tomonlama aqliy va naqliy misollar bilan va keng fikr doirasida yoziladi. Maqtovga aslo hojat yo‘q, deb o‘ylayman. Savol so‘rashga umuman hojat qolmaydi. Bu kitoblardan keyin o‘zimga yangi bir olamni kashf qildim desam adashmasam kerak. Ko‘p vaqtimizni dunyoviy ilmlarni o‘rganishga sarflab eng asosiysi iymon ilmidan bexabar ekanman. Kitoblaringizni o‘qish qalbga shunchalik huzur baxsh etadiki, tushuntirishni iloji yo‘q bo‘lsa kerak. Va yana menga savol-javob arxivi juda ko‘p narsalarni bilib, aniqlik kiritib olishimga yordam berdi. Juda ko‘p chalkash, javobsiz va noto‘g‘ri fikr o‘ylarim mukammal tugal bir-butun holatiga keldi. Yurmagan ishlarim yurishib, baxt, oilaviy tinch-totuvlik, quvonch, xayotdan to‘la zavqlanish degan narsalar hayotimda o‘z aksini topdi. Bir mendek shifokor odamga bularni yozib o‘tirish kulgilidek tuyular, lekin sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirishni o‘z burchim, deb bildim. Sizdan juda minnatdorman, rahmat sizga Shayx Hazratlari!!! Iymonsizlik inson uchun juda katta halokat va baxtsizlik bo‘lsa kerak. Ilm, iymonsiz xech narsaga arzimaydigan narsa ekanligini aniqrogi, hattoki zararli ekanligini tushundim. Hazrat meni sabr bilan tinglaganligingiz uchun sizga rahmat. Ustoz sizga sog‘liq va salomatlik tilayman. Alloh umringizni uzoq va qilayotgan xayrli ishlaringizni yanada barokatli qilsin. Alloh o‘ylaganingizdan ziyodasini bersin. Hazrat sizdan ota-onamni duolarini olishdek baxt menga nasib qilishini so‘rab duo qilsangiz, deb umid qilib qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Jonsiz narsaga gul, turli tabiat manzaralari bo‘lishi mumkin. 2. Ha, bu haqda  - Barmoqlarni bir-birining ichiga kiritmaslik haqida hadislar bor. Alloh taolo hidoyatda sobitqadam qilsin!

26 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar