Oila taloq Maxr xaqida tushuncha
Assalomu alaykum! Savolim biroz g‘alati bo‘lsa uzir so‘rayman. Mani ayolim bazi bir sabablarga ko‘ra aniqroq aytganda kelishmovchilik tufayli 2021 yil 22 may kuni onasinikiga ketib qoldi. Man olib kelish uchun juda ko‘p marta urindim onam va tog‘am vakil bo‘lib borishsa, maxalla, qaynonam va qaynotam yashatmaymiz ajratamiz deyishaverdi va ayolimni fikrimni tamoman yomon tomonga burib yuborishdi. Uydan ketgandan so‘ng qo‘liga tel berishdi ijtimoiy tarmoqqa kirishiga indamadilar man uyda o‘tir hali arazing tugamagan bo‘lsa ham mani halolimsan deyishimga ham quloq solishmadi man zug‘umkor mayda gapga chiqarishdi. To‘g‘ri man qattiq qo‘l bo‘ldim kiyimiga va bo‘yanishlariga har doim etiborda bo‘ldim chunki hali ayolini qizg‘onmagan erkakka jannat harom degan gapni bilardim. Juma namozlariga ancha vaqtlardan beri borib turaman. 2 oy sarsonim chiqdi xotinimni berishmadi ota onasi va men russiyaga kettim man ketishimdan oldin uyiga bordim hatto ko‘rishishmadi. Va men kettim orada telefonda onda sonda gaplashib turardik unchalik iliq munosabat emasdi. Shu orada man unga uyga bor onamni ximatlarini qilgin dedim iltimos qildim qattiq gapirdim ishga borma uyda o‘tir man pul tashleman sanga dedim birorta gapimga kimadi opam bir begona kishi bilan gaplashib turganini ko‘ribdila 6 oydan so‘ng man jaxil bilan kim dep tel qildim u yolg‘on dedi. Oldinlari bazi bil narsalarda yolg‘on gapirgani uchun ishonmadim u opamni onamni militsiyaga berdi manga tuxmat qildi dep onam mayli bolam san baxtli bo‘seng bo‘ldi etibor berma bu ishlariga dedilar. 8 oydan so‘ng yana shu gap va men 9 oyda unga tel qilib ogohlantirdim man sani taloq qimoqchiman bu so‘zda xazil yo‘q mandan o‘tgan bo‘sa kechir man sandan roziman. Shu so‘zni aytsam butun umurga manga xaromsan dedim. Bilaman dedi man otasini guvoxligida aytdim. 3 taloq dep 3 marta aytdim va ayolimni yaxshi ko‘rsamda azoi badanim titroq bosdi biz 8 oy yashadik man uchun baxtli kunlar edi. Mandan domla nikoximda maxr so‘ramagandi man bermagandim qalin puli bergandim 800ming. Bu maxrga o‘tadimi? Agar maxr bermasayu taloq so‘zi o‘tmedimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolga uch taloq tushgan. Nikohingiz uzilgan. Qayta birga yashashingiz aslo mumkin emas. Ayolga mahrini berib qo‘yishingiz vojib, bu uning haqqi. Mahr miqdori o‘sha ayolga o‘xshashlariga odatda qancha berilgan bo‘lsa o‘shanchadir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolga uch taloq tushgan. Nikohingiz uzilgan. Qayta birga yashashingiz aslo mumkin emas. Ayolga mahrini berib qo‘yishingiz vojib, bu uning haqqi. Mahr miqdori o‘sha ayolga o‘xshashlariga odatda qancha berilgan bo‘lsa o‘shanchadir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar