Taqvimdan ertaroq namoz o‘qish

Assalamu ’alekum. Men Ishtixondanman. Bizning qishloqdagi jom’e masjidida ba’zi namozlar taqvim vaqtlariga nisbatan ertaroq o‘qiladi. Misol uchun: Bomdod: Taqvim bo‘yicha tong 6:25da kirsa, 6:25 da azon chaqirib 6:40 da(ba’zan ertaroq) bomdodni farzini ham o‘qishadi. Bu vaqt aldamchi vaqt emasmi farz namozi uchun? Xufton: Taqvim bo‘yicha shom 18:00da o‘qishadi va huftonni 19:00da o‘qishadi. Oradagi tafovut 1 soat, ammo taqvimda 1 soat 19 daqiqa shom va hufton farqlari. Jamoatning ushbu namozlarni ado etishi to‘g‘rimi? Shunday holatlarda jamoat bilan namoz o‘qiylikmi yoki o‘z vaqtida o‘zimiz o‘qiylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jamoat bilan o‘qiyvering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar