Islomiy kredit haqidagi maqola haqida

Assalomu alaykum! Bugun www.hordiq.uz saytida "O‘zbekistonda Islomiy shartlar asosida kredit olish imkoniyati paydo bo‘ldi" sarlavhali maqola o‘qib qoldim. Unda yozilishicha "Islomda ustama foizga qarz berish taqiqlanadi. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon davlatlarida maishiy maqsadlar uchun murobaxa prinsipi asosida qarz beriladi. Bunda bank mijoz tanlagan tovarni o‘zi sotib oladi va mijozga oyma-oy uzib yuborish sharti bilan qimmatroq narxga sotadi". https://hordiq.uz/2018/06/13/uzbekistonda-islomiy-shartlar-asosida-kredit-olish-imkoniyati-paydo-buldi/?lang=lat Men o‘tgan yili kreditga telefon olgandim. Telefon asl narxi 1.300.000 so‘m, lekin oyma-oy bo‘lib to‘lash sharti bilan bu narx 2.600.000 so‘mga aylandi. Shartnomada ikki tomon shu shartga kelishganmiz. Sotuvchi ham telefonni kimdandir sotib olgan va menga kreditga bergan. Yil davomida tovar pulini bo‘lib to‘lash jarayoni bir -ikki marta belgilangan muddatdan o‘tib ketdi. Lekin kechiktirib to‘laganim uchun sotuvchi mendan biron marta foiz olmagan. Faqat to‘lovni tezlashtirishimni eslatib turardi xolos. Bir yilda belgilangan summani to‘lab bo‘ldim. Aytingchi, bu holat yuqorida maqolada zikr etilgan "murobaxa prinsipi" ga mos keladimi? O‘rtada foiz aralashmagan. Javobingiz uchun rahmat. Hayit ayyomi muborak bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri keladi. Bu erda shartnomada ham vaqtida to‘lamasangiz foiz to‘laysiz degan shart bo‘lmasligi kerak. Molikiy mazhabidagi kabi(boshqa mazhablar ham shunga fatvo berishdi) vaqtida to‘lamasangiz xayriya jamg‘armamiz bor, shunga xayriya o‘tkazishni va’da qilasiz, biz buni o‘zimizning shaxsiy manfaatlarimizga ishlatmaymiz – degan shart bo‘lsa ham joiz. Bunda kechiktirganligi uchun qilingan xayriya sotuvchining shaxsiy manfaati uchun ishlatilmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad birinchidan to‘lashni kechiktirmaslik, ikkinchidan mabodo kechiktirsa faqir miskinlar undan manfaatdor bo‘lishidir. Aslida har qanday ishni ham bir oz shariat qoidalariga tushirilsa gunohdan xalos bo‘linadi, baraka bo‘ladi. Biz shuning ilmini o‘rganishimiz kerak xolos. Vallohu a’lam!
https://fiqh.uz/maqola/322

21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar