Davlat mulki

Assalomu alaykum! Men davlat ishxonasida ishleman ishxonani xodimlar uchun o‘zini avtobuslari bor. Yaqinda avtobus shafyori avtobus uchun menga zavod ichidan bir bolt yasatib, olib chiqib berishimni iltimos qildi. Odatda shafyorlar extiyot qism kerak bo‘lsa garaj (garaj xam zavodni mulki)orqali dakument tayorlab zavodga kiradi tartibi shunday lekin dakumentni tayorlab extiyot qism tayorlatish juda ovoragarchilik va ko‘p vaqt talab etadi. Shuning uchun men extiyot qism tayorlay oladigan tsexda ishlaganim bois dokumentsiz tayorlatib berishimni so‘ramoqda. Ammo uni tayorlaydigan xamkasbim bu o‘g‘irlik dedi men esa zavodni avtobusi uchun tayorlanyabdiku desam baribir raxbarlar bilishi kerak dedi va men raxbarni ogohlantiraman dedim. Ammo yana bir muammo zavod kirish chiqish postidan yashirincha olib chiqish kerak chunki ular xujjat orqali zapchast chiqaradi. Endi savol: avtobus xam zavodniki unga yasaladigan detal xam zavodni mulki shu o‘rinda xujjatsiz (lekin tsex boshliqni ruxsati bilan) tayorlab yashirincha postdan olib chiqib avtobusga ishlatish xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yashirincha olib chiqmasdan, hujjatlashtirib qilish kerak. Zavodda o‘rnatilgan qoida va tartiblarga amal qilish sizlarning vazifangiz hisoblanadi. Shuning uchun hujjatsiz olib chiqishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 136 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar