Ro‘za fitri

Assalomu alaykum! Meni onam yolgiz yashaydi. Otam vafot etgan. Onamni abarotga qo‘ygan puli bor, lekin hozircha ulardan foyda kelayotgani yo‘q. Ramazon fitrini hisiblab berishga kerak bo‘ladimi bunday vaziyatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulining miqdoriga qaraladi. Agar nisob miqdoricha bo‘lsa bir yil bo‘lmagan bo‘lsa qurbonlik va sadaqai fitrga ajratishi vojib bo‘ladi. Bir yil bo‘lgan bo‘lsa shular qatori zakotga ham ajratishi vojib bo‘ladi. Yolg‘iz yoki yolg‘izmasligining bunga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar