Omadlotto haqida
Assalomu alaykum! Savolim Omadlotto to‘g‘risida. Izlash xizmatidan lotoreyalar to‘g‘risidagi ba’zi savol-javoblarni o‘qib chiqdim. "Ko‘pchilik pul tikib, oxirida bir kishi xammasini yutub olsa, bu qimor hisoblanadi. Qimor esa gunoh ishdir" - degan javoblar uchradi. To‘g‘ri, Omadlotto lotoreyasida ko‘pchilik pul tikadi, lekin oxirida barcha yutuqni bir kishi olmaydiku. Masalan, Omadlottoning 433-tirajida 3 362 kishi 35 155 so‘mdan, 122 kishi 645 853 so‘mdan va 1 kishi 432 801 600 so‘mdan pul yutug‘iga ega bo‘lishgan. Ular yutib olgan pullar halol emasmi? Omad tushunchasiga kelsak, avvalambor, hamma narsa Allohdan. Ular yutib olgan pullarni Allohning marhamati deb qarasak bo‘lmaydimi? Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr. Astag‘firulloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bir kishi yutadi deganda noto‘g‘ri tushunibsiz. Bir necha kishi yutib bir necha kishi yutkazishi ham qimorga kiradi. Har bir kirgan narsani foyda deb o‘ylayvermaslik kerak. Alloh O‘zi harom qilgan narsadan bandasini hazar qilish yoki qilmasligini ham imtihon qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat