Qanota kelinini shaxvat bilan ushlasa taloq tushishligi

Muhtaram Shayx Hazratlari Ustoz Men madrasada taxsil olayotgan bir boladan bir fiqxiy hukm eshitdim Uning aytishicha: Agar qaynotaning qo‘li keliniga shaxvat bilan tegsa taloq tusharkan, yana qaynotaning nazari kelinning avrati g‘ariyzasiga tushsa ham shunday ekan deb aytdi. Men buni ayolimga aytdim shu narsadan extiyot bo‘lish ma’nosida. Kunlar o‘tib ayolim menga yuragi siqilayotganligini aytdi, sababini so‘rasam dediki: Qaynotam menga biror narsani olib kelishni buyursalar goxida qo‘llari tegib ketadi shaxvat bormi yo‘qmi bilmayman shunga siqilyapti deyapti. Bu narsa kelin bilan oramizda ziddiyatga ham sabab bo‘lmoqda. Ustoz biz ko‘p shar’iy hukmlarga shu saytdan, sizning kitoblaringizdan echimini topganmiz va bajonidil qabul qilib kelmoqdamiz. Shu bizda tug‘ilgan mushkulaga yordam bersangiz. Ilmsizligim sababli qimmatli vaqtingiz olgan bo‘lsam ming bor uzr. Alloh taolo sizni bizlarga berayotgan juda ko‘p diniy saboqlaringizni bizlarga manfaatli qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qo‘li tegib ketganda taloq tushmaydi.

27 Aprel 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar