Janozada qarzni o‘tib yuborish
Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarda Alloh rozi bo‘lsin. Biz tomonlarda janoza namozida imom mayitni qarzi bo‘lsa yoki yomon gapirib dilingizni og‘ritgan bo‘lsa rozi bo‘linglar deb so‘raydi. Shunda xamma rozimiz, Alloh rozi bo‘lsin deyishadi. Jamoat ichida esida bori xam yo‘g‘i xam qarzini o‘tvoradi. Shunda mayit qarzdan ozod bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kechdim deganlar qarzini olishiga haqqi yo‘q. Bu gapni aytgamaganlar farzandlaridan merosidan so‘rab olishga haqlari bor. Odatda mayyitni qarzini kim zimmasiga oladi deyilganda kimdir “men olaman” deb aytadi. Bu bilan mayyit zimmasidagi qarzidan qutilmaydi. Farzandlari yoki ayoli qarzini to‘lashlari shart bo‘ladi. Men to‘layman degan insonning gapi xolis yaxshilik qilishni zimmasiga olgan bo‘ladi. Yaxshilik qilsa mayyit qarzidan qutiladi, u yaxshilikni qilmasa qarz mayyitning zimmasida qoladi. Ustozimiz rahimahullohning “Qarz” kitobida quyidagicha kelgan:وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ ثُمَّ أُحْيِيَ، ثُمَّ قُتِلَ ثُمَّ أُحْيِيَ، ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasoiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ishning qanchalik ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom! Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi nihoyatda og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz, qayta-qayta ta’kidlanganidek, bandaning haqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. عَنْ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الْفَجْرَ فَقَالَ: هَاهُنَا مِنْ بَنِي فُلَانٍ أَحَدٌ؟» ثَلَاثًا، فَقَالَ رَجُلٌ: أَنَا، قَالَ: فَقَالَ: «إِنَّ صَاحِبَكُمْ مَحْبُوسٌ عَنِ الْجَنَّةِ بِدَيْنِهِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bomdodni o‘qib bo‘lib, uch marta: «Bu erda Banu Fulondan kim bor?» dedilar. Bir kishi: «Men», dedi. Sohibingiz qarzi tufayli jannatdan to‘silib turibdi», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:26 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar