Arokning zararlaridan yana biri
Xurmatli Shayx xazratlari.Xazrat, arokning musulmonlarga xarom kilinganligi xammaga ma’lum va mashxur. Uning inson organizmiga nakadar katta zararlari kup aytilagn . Shu urinda kasbimiz yuzasidan uzimiz kup uchratadigan yana bir zararini bildirsam. Men periferik asab tolalarini tekshiruvchi mutaxassis bulganimdan mening oldimga xar xil falajliklar bilan bemorlar kelishadi. Shu jumladan bilak nervi falaji bilan xam tez tez kelib turishadi. Surishtirsangiz 95 foiz xolatda mast xolatda uxlab kolganligi, ertalab tursa kul kafti tepaga kutarilmay kolganligini aytishadi (kul kaftini tepaga kutrishni bilak nervi amalga oshiradi). Odatda arok ichib mast bulib kolgan odam nima kilaetganini kaerda, kanday axvolda yotganini bilmaydi. Natijada kuli tagida kolib ketadi va shu xolatda uzok muddat (ertalabgacha, ba’zida tushgacha) uxlab yotaveradi. Buning nitajasida bilak nervining kattik ezilishi va okibatda falajlanish yuzaga keladi. Tibbiyotda buni "sindrom subbotnego vechera" deyishadi . Endi bu nervning tiklanishi juda kiyin, tiklanmay kolishi xam mumkin.Xazrat insonga Ollox arokni xarom kilganligini uzlaricha muxokama kilib, xar xil talkin kilib, uzlariga yul axtaradigan insonlar mana bu narsani xam bilib kuyishsa kanday bularkan?!Fikr va muloxazalaringiz....
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo bandalarga harom qilgan barcha narsalar ularga zarar keltirgani uchun bo‘lgan. Mazkur zarar siz aytgan kabi o‘sha haromga o‘zini urgan shaxsga bevosita etishi ko‘p holatlarda uchraydi. Ammo ba’zi holatlarda zarur uning zurriyotida yuzaga chiqish ham bor. Ya’ni, harom narsalar ularni qilganlarga ham, etti pushtiga ham zarar etkazishi turgan gap. Bu zarracha aqli bor odam tan olmasa iloji yo‘q haqiyqatdir.- Muhtaram Behzodiy janoblari! Sizga tashakkurlar. Ushbu kabi yozuvlaringizni kutamiz. Sizdan boshqa turli sohalar mutaxassislari bo‘lgan ziyolilarimiz va olimlarimizdan ham ushbu kabi fikr va mulohazalarni kutamiz. Ayniqsa, siz va sizning kasbdoshlaringiz, muhtaram tibbiyot xodimlaridan “tib.Islom.uz.” saytimizda faol ishtirok etishlaringizni so‘raymiz. Iloji bo‘lsa, turli tibbiy mutaxassiliklar sohiblari xalqimizdan bu borada keladigan savollar va maslahat so‘rashlarga javob berishni yo‘lga qo‘yishda yordamchi bo‘lsalaringiz benihoya shod bo‘lar edik.
27 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom