Xufton, qazo va tahajjud namozlari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Meni o‘ylantirayotgan bir necha savol bor edi. 1). Xufton namozini asosan ertalab o‘qiyman subh kirishidan 1-2 soat oldin. Sababi ertalab juda erta ishlaymiz va ishdan so‘ng charchab uxlab qolaman. Shu tarzda o‘qishim joizmi? 2). Qazo namozlarimni o‘qiyapman, xali barchasini tugatmasdan turib kechasi tahajjud namoz o‘qisam bo‘ladimi? 3). Xufton namozini tahajjuddan keyin o‘qisam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Afzal emas, lekin joiz. 2). Qazo o‘qisangiz tahajjudni ham savobiga ega bo‘lasiz. 3). Avval xuftonni o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:26 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar