Ibodatlar
Assalomu alaykum! 1). "Asr namozidan to shom namozni o‘qib bo‘lgunga qadar nafl namoz o‘qish makruhi tahrimiy hisoblanadi". Ustozlar bu erda kirish chiqish vaqti nazarda tutilganmi yoki har bir odam o‘zi asr bilan shomni o‘qigan vaqt oralig‘imi? 2) Onamga sekin astalik bilan dinni o‘rgatiyapman, alhamdulillah 5 mahal namozni o‘qishlariga erishtim . Ammo avrat masalasida qiynaliyapman ayniqsa namoz paytida. Namozda hamma yopilishi kerak bo‘lgan jo‘ylarini yopadilaru to‘piqni tog‘ri yopmaydilar ishtonlari kaltalik qiladi qiyomda to‘piq barobar bo‘lsaham ruku va sajda qilganda 5-6 sm ko‘tarilib ketadi. Paypoq kiying ko‘tarilmasligi uchun, namozda avratlar yopilishi shart desam ham xo‘p dep baribr o‘z bilganlaridan qolmayaptilar. O‘qigan namozlari durustmi? 3)Uyda rozg‘orni otam yuritadi. Otamni uncha dindan xabarlari yoq. Da’vat qilishga ham qiynaliyapman. Alhamdulillah kasblari, topishlari halol ammo ma’naviy nopoklikdan xoli emas yani zakot umuman bermaganlar taxminan 10-15 yillik. Men endi universitetni tamomladim 2-3 oy ichida inshaalloh ishga kiraman. Halol yashashni niyat qilganman. Menga mashina yoki uy olib bermoqchilar, shartmas o‘zim ishlab olaman desamham ko‘nmayaptilar. Endi men shu mashina yoki uydan foydalanishim uni o‘z mulkim qilib olishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ana shu vaqtda nafl namoz o‘qish makruhi tahrimiydim. Asr namozining o‘zini o‘qishda ham shomdan 10-15 minut oldinga vaqt makruh bo‘lib, bunda asr zimmangizdan soqit bo‘ladi, lekin makruhlik bilan ado bo‘ladi. Chunki asrning ikki vaqti bo‘lib, quyosh nuri o‘z ichiga kirgunicha o‘qib olish mustahab. Nuri ichiga kirib ko‘zni olmaydigan holatga kelgandan botguncha o‘qish makruh.2). Namoz o‘qishlaridan oldin,imkon qilib o‘zingiz yoki biror kishi paypoq kiydirib qo‘yinglar.3). Halol. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 147 | Namoz