Oziq ovqatlarda tarozi masalasi
Assalomu alaykum! Oziq ovqat do‘konida ishlaymiz, kolbasa maxsulotlari sotamiz. Ularni firmalardan qabul qilganimizda uni savdoga chiqarib, sotilish narxi, kelgan sanasi va vazni ko‘rsatilgan etiketka eyopishtirib chiqamiz, kolbasa maxsulotlari juda tez qurib vazn yo‘qotishini yaxshi bilamiz ayniksa(polukopchennыy) kolbasalarda, xaridor olayotgan paytda qanchadir grammga narxi o‘ynaydi, chunki boshida kelgandagi vazni bilan sotilayotgan paytdagi maxsulot vazni baribir farq qiladi. Shu ishimiz tarozidan urishga kirmaydimi? 2). Chamasi 8 yillik qazo namozlarim bor. Ularni tezroq o‘qib tugatish maqsadida sunnat namozlarini o‘rniga qazo namozlar o‘qisam bo‘ladimi? 3). Qazo namozlarni ado etganda savob umid qilinadimi yoki faqat bo‘ynidan soqit bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sotayotgan vaqtdagi vazniga pul olsangiz joiz. Kolbasani halolligiga e’tibor qarating. Harom bo‘lsa sotish ham daromadi ham harom bo‘ladi.
2). Bo‘lmaydi. Ikkisini ham o‘qing.
3). Zimmadan soqit bo‘ladi, ularni o‘z vaqtida o‘qimasdan qoldirilgani uchun qazosini o‘qib bo‘lib istig‘for ham aytish kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 157 | Namoz