Ilon harom emasmi?
Assalomu alaykum! Bir yig‘ilishda bir kishi "Zikr ahlidan so‘rang" ni javobini qarela ilonni xarom dipti. Axir Qur’onda o‘limtik, qon, cho‘chqa va bismillax deb so‘yilmagan xayvon xarom qilinganku dedi. Qur’onga qarshi chiqishipti divottila. Menda ilmim kamroq. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اقْتُلُوا الْأَسْوَدَيْنِ فِي الصَّلَاةِ؛ الْحَيَّةَ وَالْعَقْرَبَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki qorani: zaharli ilon va chayonni namozda ham o‘ldiringlar», dedilar».
«Sunan» egalari va Hokim rivoyat qilganlar. وَفِي رِوَايَةٍ: خَمْسٌ فَوَاسِقُ يُقْتَلْنَ فِي الْحِلِّ وَالْحَرَمِ: الْحَيَّةُ، وَالْغُرَابُ الْأَبْقَعُ، وَالْفَأْرَةُ، وَالْكَلْبُ الْعَقُورُ، وَالْحُدَيَّا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Boshqa bir rivoyatda:
«Besh fosiq hil (haram tashqarisi)da ham, haramda ham qatl qilinadi. (Ular) ilon, ola qarg‘a, sichqon, quturgan it va kalxat», deyilgan.
Beshovlari rivoyat qilganlar. وَذُكِرَ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْقُنْفُذُ، فَقَالَ: خَبِيثَةٌ مِنَ الْخَبَائِثِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida tipratikan zikr qilindi. Bas, u zot:
«U ifloslardan biridir», dedilar».
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifdan tipratikan ham harom ekanligi kelib chiqadi. Shuningdek, sichqon, kaltakesak, ilonlar va ularning toifasiga o‘xshash boshqa zararkunanda hayvonchalar ham haromdir. عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا أُلْفِيَنَّ أَحَدَكُمْ مُتَّكِئًا عَلَى أَرِيكَتِهِ يَأْتِيهِ الْأَمْرُ مِنْ أَمْرِي مِمَّا أَمَرْتُ بِهِ أَوْ نَهَيْتُ عَنْهُ فَيَقُولُ لَا نَدْرِي مُا وَجَدْنَا فِي كِتَابِ اللهِ اتَّبَعْنَاهُ Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men birortangizning supasida yonboshlab yotganida unga men amr yoki nahyi qilgan narsalardan biror ish etsa, zinhor «Buni bilmaymiz, bizga Allohning Kitobida nima kelsa, shunga ergashamiz», deganini topmayin», dedilar».
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Qur’onga amal qilsak bo‘ldi, Sunnatning keragi yo‘q», deydiganlar chiqmasligi zarurligini bayon qilmoqdalar. Bu ham kelajakda bo‘ladigan narsalardan o‘ziga xos ogohlantirishdir. Darhaqiqat, keyinchalik Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning buyruq va qaytariqlari o‘ziga etgan paytda «Bizga bu narsaning keragi yo‘q, Qur’onda nima kelsa, shuni qilamiz, boshqasi bilan ishimiz yo‘q», deydiganlar chiqdi.
Avval xavorijlar va rofizalar tomonidan boshlangan Sunnatni inkor qilish keyin turli firqa va toifalar tomonidan davom ettirildi. Bu nobakorlik asosan rohat joyiga yonboshlab olib, ayshu ishratga berilganlar tomonidan sodir bo‘ldi. Hukmga, ayshu ishratga berilganlar ana shunday holga o‘tib qoldilar. Aslida esa bunday odamlardan aql ham, mantiq ham qochadi. Agar ularda aql va mantiq bo‘lsa, Qur’onga amal qilamizu, Sunnatga amal qilmaymiz, dermidilar?! Qur’on qayta-qayta ta’kidlagan narsalardan biri Sunnatga amal qilish-ku! Bu masala avval bayon qilingani uchun ularni bu erda takrorlab o‘tirmaymiz.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Qur’on bilan Sunnatga barobar amal qilish kerakligi.
2. Payg‘ammbarimiz sollallohu alayhi vasallamning kelajakda Sunnatni inkor qiluvchilar chiqishi haqida xabar berganlari. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:27 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom