Ikki oq narsani jamlab eyish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir namozxon akamiz bizga “ikki oq mahsulotni ya’ni sut, qatiq yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni tuxumga qo‘shib iste’mol qilishdan payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar” dedi. Agar qo‘shib iste’mol qilinsa pes kasalligi chiqishi mumkin ekan. Shunaqa hadis bormi? Javoblaringiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Tibun Nabaviy” kitobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baliq bilan sutni jamlashdan qaytarganlar deyilgan. Lekin bu hadisni ulamolar “sahih emas” deganlar. Shuningdek o‘sha kitobda Ibn Baxtayshuu’ : “Bir vaqtda tuxum bilan baliqni eyishdan saqlaning. Chunki u qulanj, bavosil(gemarroy) va tish og‘rig‘i kasalliklariga sabab bo‘ladi” degan. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar