Qo‘rqitish uchun aytilgan gap
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ayolimga o‘zimni fikrimni o‘tkazish yoki etkazish uchun tortishib qolganimizda taloq berishimdan qo‘rqgin deb bir necha marotaba aytganman, ketidan albatta ayol kishi erini aytganlarini qilsa jannatga tushadi deb takrorlar edim maqsadim, niyatim ayolimni tarbilayalash edi. Bugungi kunga kelib ayolim bu gaplarni qaynotamga aytgan. Orada ota-onalarimiz (kqudalar o‘rtasida) kelishmovchiliklar bo‘lib turibdi. O‘tgan yozda vaziyat shunday darajaga bordikki ayolimga qo‘l ko‘tardim va bu gap qaynotamga etib bordi. Ayolim uyiga ketib qoldi qaynotam keltirmay qo‘ydi. Bugungi kunga kelib qaynotam kattalar bilan maslaxat (taloq berishimdan qo‘rqgin) degan gaplarimga taloq tushar ekan qizim yashamayman deb aytayapti deb dadamni yoniga kelganlar. Orada bir farzandim bor men xoxlamiman ajrashishni. To‘g‘ri o‘zimda xam xatoliklar o‘tdi ayolim kasal bo‘lganda ko‘rgani bormadim, xoling nima deb so‘ramadim chunki telefon qilsam qaynona, qaynotamga tushar edim oradan gap qochmasin deb telefon qilmas edim. Shu borada meni va ayolimni, qaynotamni qilgan ishlariga dinimizda qanday xukmlar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “taloq berishimdan qo‘rqgin” degan gap bilan taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “taloq berishimdan qo‘rqgin” degan gap bilan taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush