Namozni salom bermasdan tugatsa

Assalomu alaykum! Namozdan so‘ng salom berib chiqishlik esdan chiqsa nima qilish kerak? Shu payt namozim o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa, qaytadan o‘qib olish kerak bo‘ladi. Chunki fiqhda namozning vojib amallaridan birortasini tark qilib o‘qisa va oxirida sajdai sahv qilib xatosini to‘g‘rilab qo‘ymasa, vaqti chiqmagan bo‘lsa qaytadan o‘qib olish vojib deyilgan. Vaqti chiqib ketgan bo‘lsa, namoz katta nuqson bilan o‘qilgan bo‘ladi, ammo qayta o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 211 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar