G‘oya uchun ulush

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, inson nimadur o‘ylab topsa ya’ni g‘oyaga ega bo‘lsayu lekin uni amalga oshirish uchun mablag‘i bo‘lmasa(hech qanday iloji bo‘lmasa moddiy tomondan). Shunday holatda unga homiylar topilsa, odatda 2 xil yo‘l bo‘ladi homiylar bilan ishlashni: yoki g‘oyani butunlay sotish kerak yoki qanchadir qismidan foiz olishi kerak g‘oya muallifi. Bu vaziyatda o‘ z g‘oyasini kuchliligini va kelajakda ancha foyda olib kelishini bilgan holda bir qismidan bir umirlik ulush(foiz) olsa xarom bo‘lmaydimi? Agar xarom bo‘lsa nega undayligiga ozgina to‘xtalsangiz axir g‘oya o‘zinikiku
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘oya egasi o‘zi ham biror ish qilib sherik bo‘lishi mumkin. Buning uchun g‘oyani davom ettirib, takomillashtirib, biror bir ish qilib turishi kerak. Shunda foydaga ham sherik bo‘lishi mumkin. G‘oyani sotish joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar