Namoz o‘qishga qiynaladigan kishi

Assalomu alaykum! Uyda buvijonim bor, yurishga va o‘tirib turishga qiynalgani bois namozini o‘tirgan xolda va faqat bomdod namozini o‘qiydi. Shunga dinimiz nima deydi? Yoshlari 84da.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimiz qolgan namozlarini ham o‘qisin deydi. Turishga qodir bo‘lmasa o‘tirib, o‘tirishga qodir bo‘lmasa yotib bo‘lsa ham o‘qishi kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar